TOC

This article is currently in the process of being translated into Uzbek (~99% done).

The Basics:

Data types

Ma’lumot turlari C# kabi dasturlash tillarida keng qo‘llaniladi. Bu qat’iy tizimlashtirilgan til bo‘lgani uchun, har safar o‘zgaruvchini e’lon qilganingizda kompilyatorga qaysi turdagi ma’lumotlardan foydalanmoqchi ekanligingizni ko‘rsatishingiz kerak. Buni o‘zgaruvchilar bo‘limida batafsil ko‘rib chiqamiz. Ushbu bobda esa eng ko‘p ishlatiladigan ma’lumot turlarini va ularning ishlash tartibi haqida so‘z yuritamiz.

bool - eng sodda ma’lumot turlaridan biri hisoblanadi. U faqatgina 2 ta qiymatni - false yoki true ni qabul qilishi mumkin. If operatori kabi mantiqiy operatorlardan foydalanishda bool turini tushunish juda muhim ahamiyatga ega.

int - bu butun sonlarni saqlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar turining qisqartmasi bo‘lib, o‘nlik kasrlar bo‘lmagan sonlarni ifodalaydi. Sonlar bilan ishlashda int eng ko‘p qo‘llaniladigan ma’lumotlar turidir. C# tilida butun sonlar uchun bir nechta ma’lumotlar turi mavjud bo‘lib, ular saqlanishi kerak bo‘lgan sonning kattaligiga qarab tanlanadi.

string matn, ya’ni belgilar ketma-ketligini saqlash uchun qo‘llaniladi. C# tilida satrlar o‘zgarmas bo‘lib, bu ularning yaratilgandan so‘ng hech qachon o‘zgarmasligini anglatadi. Satrni o‘zgartiruvchi usullar ishlatilganda, aslida mavjud satr o‘zgarmaydi - buning o‘rniga yangi satr qaytariladi.

char bitta belgini saqlash uchun ishlatiladi.

float - kasr qismini o‘z ichiga olgan sonlarni saqlash uchun qo‘llaniladigan ma’lumot turlaridan biri hisoblanadi.

Xulosa

Bu C# dasturlash tilining eng asosiy ma’lumot turlari xolos, va men sizga ular haqida faqat eng muhim ma’lumotlarni yetkazdim. Chunki bu mavzu biroz quruq bo‘lib, siz ular haqida ko‘proq o‘qishdan oldin ba’zi ma’lumot turlarini amalda ko‘rishni istashingiz mumkin. Shunday ekan, turli xil ma’lumotlarni saqlash uchun o‘zgaruvchilardan foydalanadigan keyingi maqolaga o‘ting!

Keyinchalik ushbu qo'llanmada biz .NET freymvorkida topiladigan boshqa ma'lumot turlari bilan yanada chuqurroq tanishamiz.


This article has been fully translated into the following languages: Is your preferred language not on the list? Click here to help us translate this article into your language!
Table of Contents