TOC

This article has been localized into Uzbek by the community.

Darslarning boshlanishi:

Kirish

C# bo'yicha darslarga xush kelibsiz. Net frameworkni joriy e'tilganidan so'ng, Micrasoft yangi dasturlash tili C# ni (Si sharp sifatida talaffuz etiladi) ishlab chiqdi. C# sodda, zamonaviy, Obyektga yo'naltirilgan va umumiy maqsadli dasturiy ta'minot uchun mo'ljallangan, qolaversa, ushbu til turli hil boshqa tillardan, ayniqsa Javadan, asosiy me'zonni o'zida mujassamlashtirgan.

C# nazariy jihattan mashina tiliga kompilatsiya qilinishi mumkun, ammo, haqiqiy hayotda, u doim .Net framework bilan birgalikda foydalaniladi. Shuning uchun, C# yozilgan dasturlardan foydalanish uchun qurilmaga, ya'ni, kompyuterga .NET frameworkni o'rnatilishini talab etadi. .NET frameworki turli hil tillardan foydalanish imkoniyatini yaratsada, C# bazi holatlarda .NET dasturlash tili sifatida ham aytiladi, balki bu til ushbu framework bilan birgalikda foydalanish uchun yaratilganligi uchun bo'sla kerak.

C# Obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi, ammo shunday bo'lsa ham bu tilda global o'zgaruvchilar va funksiyalar mavjud emas. Barcha narsalar klasslar ichiga yoziladi, hattoki obyekt klasdan meros olgan oddiy turdagi "int" va "string" lar ham

Quyidagi boblarda siz C# bo'yicha eng muhim mavzularga guvoh bo'lasiz.